IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN  “TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDAGI HOLAT” TO‘G’RISIDAGI XABARGA IZOH

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALGAN “TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDAGI HOLAT” TO‘G’RISIDAGI XABARGA IZOH

    2020-2021 o‘quv yili uchun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat hamda magistratura ta‘lim yo‘nalishlariga kirish ijodiy imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 
   Abituriyentlarning erkin ijod qilishlari, xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilib, institut hududiga kirishda dezinfiksiya tunellari o‘rnatildi. Har bir abituriyent tuneldan o‘tgach, issig‘i o‘lchanib, antiseptik vositalari bilan qo‘llari tozalab o‘tkazildi. Qisqacha qilib aytganda, imtihon karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holatda o‘tkazildi.  Imtihon o‘tkaziladigan xona va hududlarda shaffoflikni ta’minlash maqsadida, jarayonlarni real vaqt rejimida online kuzatish imkonini beruvchi maxsus platforma ishga tushirilib, abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol uydan turib imtihonlarni online kuzatib borishlari uchun sharoit yaratildi. 
   Lekin mana shunday imkoniyat va yaratilgan sharoitlardan norozi insonlar ham oramizda uchrab turadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz ravishda tarqalgan xabarlarga izoh beradigan bo‘lsak, bu yerda test sinovlarida yetarli ball to‘plab Davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda o‘rnatilgan tartibdagi hujjatlar to‘plami mavjud abituriyentlar binoga tartib bilan kiritilmoqda.  Uzoq viloyatlardan kelgan abituriyentlarning ota-onalari uchun institutning bosh binosi hududida karantin qoidalariga rioya etilgan holda kutish joylari tashkil etilgan. Rasmda esa, faqat hujjatlar to‘plami to’liq bo‘lmagan hamda hujjat topshirish uchun kirib ketgan ayrim abituriyentlarni kutayotgan ota-onalarni, shuningdek, qabul jarayoni bilan bog‘liq savollarga javob olayotganlarni ko‘rishimiz mumkin. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Barcha OTMlarda mondat natijalari ilingan bir vaqtda ushbu ta’lim maskanida bahona quyidagicha: hali DTM bizga mondat natijalarini yubormadi” deb yozgan gaplari mutlaqo assosiz, chunki, DTM tomonidan Davlat komissiyasining 2020-yil 25-sentyabrdagi 5-son bayoniga muvofiq, Davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning umumiy ro‘yxati o‘sha kunning o‘zida, ya’ni, 03.10.2020 kuni institutning titli.uz saytiga “IMTIHON NATIJALARI” sarlavhasi bilan joylashtirilgan. Vaziyatning aniq mohiyati anglab yetmasdan turib bunday asossiz xabarlar tarqatish qonunga aslo to‘g‘ri kelmasligini hammamiz yaxshi bilamiz va bu haqiqatni hech birimiz unutmasligimiz kerak.  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH