BIRINCHI KURS TALABALARI UCHUN  DARSLAR BOSHLANDI

BIRINCHI KURS TALABALARI UCHUN DARSLAR BOSHLANDI

    Koronavirus pandemiyasi tufayli oliy o‘quv yurtlarida joriy o'quv yili boshqacha tarzda boshlanib bormoqda. Bugun birinchi kurs talabalari uchun kirish darslari boshlanadiJoriy yilning 12-oktyabr  kuni Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ya’ni, 1-kurs talabalari uchun tanishuv darslari tashkil etildi. 
    Institut rahbariyati ushbu jarayonga alohida tayyorgarlik ko‘rdi. Beg‘ubor hayajon bilan oliygohga ilk bor qadam qo‘ygan talabalarni shaxsan rektor v.v.b Komilova Xolida Xafizovna kutib oldi. Dastlab, ularni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligi bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi hamda o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Institutda tanishuv darslarini tashkil etishda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish inobatga olindi. Jumladan, institutga kiritilayotgan talabalarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi. 

  Shundan so‘ng, talabalar auditoriyalarga kiritilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan institut faoliyati va yo‘lga qo‘yilgan masofaviy ta’lim tizimi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
   Ta’lim olish jarayonida zarur bo‘ladigan adabiyotlar ro‘yxati ham batafsil aytib o‘tildi. Mana shu tarzda tanishuv haftaligi davomida talabalikka qabul qilingan yoshlar uchun onlayn ta’lim olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Birinchi bosqich talabalari bugungi tashkil etilgan tanishuv darslari orqali o‘quv jarayoniga tegishli barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Talaba yoshlarning institut binosida o‘tgan ilk kuni zavqli kechdi deb umid qilamiz.
  Ma'lumot uchun, COVID-19 pandemiyasi davrida ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori mavjud bo‘lib, unda birinchi o‘quv haftasi an’anaviy ravishda birinchi kurs talabalari uchun birinchi hafta hisoblanadi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH