TOSHKENT — ZAMONAVIY MODA INDUSTRIYA MARKAZI!

TOSHKENT — ZAMONAVIY MODA INDUSTRIYA MARKAZI!

Parij Xalqaro Moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetida 2020-2021 o‘quv yili uchun ilk bora “Kostyum dizayni va moda menejmenti” magistratura mutaxassisligi ochildi va 11 nafar magistr ushbu yo‘nalishga qabul qilindi. 
Ular ichida o‘zbek modasiga o‘z hissasini qo‘shgan taniqli dizaynerlar Dilnoza Erkinova, Dildora Kasimovalar ham bor. Ularning ta’kidlashicha esa, “Biz o‘z yo‘nalishimiz bo‘yicha bakalavriyatni tamomladik. O‘zimizning brendimizga egamiz, korxonamiz, ish studiyamiz bor va moda sohasida faoliyat olib bormoqdamiz. Bu bilan cheklanib qolmasdan, tajribalarimizni, bilimlarimizni  va faoliyatimizni yanada takomillashtirish maqsadida, magistratura bosiqichida o‘qishni maqsad qildik. Shu sababli, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma fakulitetning ochilishi bizni judayam xursand qildi deyolamiz. Ma’lumki, Fransiya-Parij moda olamida yetakchi o‘rinni egallaydi. Shu jumladan, “Haute couture” yo‘nalishida ham yetakchilik qilishi sir emas. Parij moda akademiyasi bu soha bo‘yicha yillar davomida  o‘z faoliyatini olib borar ekan, maketlash, dizayn, geometrik konstruksiyalashga, shuningdek, andozalarni tayyorlash, kiyim detallarini gradasiyalash va kiyim sifatini nazorat qilish bo‘yicha dolzarb talablarga javob beradi. Biz ham o‘qish davomida va keyinchalik ham chet el tajribalarini o‘rgangan holda, O‘zbekiston moda olamini yetakchi o‘rinlarga olib chiqamiz hamda ushbu soha mutaxassisi bo‘lish uchun astoydil harakat qilamiz.”
Fakultetdagi magistratura talabalari o‘qish dasturi bilan birga katta loyiha ustida ish olib boradilar. Ushbu loyiha mavzusi Parij xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlik qiluvchi “Louis Vuitton”, “Chanel”, “Christian Dior”, “Gucci”, “Dolce Gabbana”, “Lacoste”, “Gustave”, “Givenchy” kabi bir qator mashhur kompaniyalar tomonidan beriladi va yil yakunida ushbu loyiha natijalari Fransiya, Parij xalqaro moda akademiyasida taqdimot qilinadi.

Parij Xalqaro Moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti 2019 yil sentyabrda rasmiy ochilgan. Qo‘shma fakultetning tantanali ravishda ochilishiga Parij Xalqaro Moda Akademiyasi prezidenti Jan Filipp Vokler, akademiya direktori Karine Andress xonim, akademiya yetakchi professor o‘qituvchisi Marikler Morogan xonim, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili, «Alliance France Tashkent» direktori D.Axmedov tashrif buyurishgan.

Ushbu sohada kelajakda yetuk mutaxassislar yetishib chiqishi uchun ma’lum talablar asosida talabalar o‘qishga olindi. 2019-2020 o‘quv yili uchun 61 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. Ular o‘quv yili davomida barcha talabalar umumkasbiy hamda mutaxassislik fanlarini to‘liq o‘zlashtirib 
2 kursga muvaffaqiyatli o‘tdilar. Talabalarimizning 8 nafari TFW-2019 moda festivalida o‘zlarining kolleksiyalari bilan ishtirok etdilar. Hozirda kunda 4 nafar iqtidorli talaba British Council tomonidan e’lon qilingan Xalqaro tanlovda o‘zlarining g‘oyalari bilan ishtirok etmoqdalar. Qo‘shma fakultetga 2020-2021 o‘quv yili uchun 50 nafar abituriyent bakalavrga qabul qilindi. Fakultetdagi o‘qish dasturiAICP bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘qish jarayonida talabalar amaliyotni va malaka oshirishni Parijdagi xalqaro moda Akademiyasida o‘tkazishi rejaga kiritilgan.
Shuningdek, ushbu fakultet «Alliance France Tashkent» bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida faoliyat olib boradi.  «Alliance France Tashkent» ning yuqori malakali mutaxassislari institutga kelib talabalarga fransuz tilini mukammal o‘zlashtirishlari uchun muntazam dars mashg‘ulotlarini  o‘tadilar. Ta’lim olayotgan talaba va magistrlar “Haute couture”, ya’ni “Yuqori moda” yo‘nalishi bo‘yicha yangi g‘oyalarni, kreativ yangi dizayn namunalarini taqdim etishda o‘z ko‘nikmalarini oshirib borishlari aniq. Bu esa o‘z navbatida uslub va bichim borasida o‘ziga xos mahoratni shakllantirib berishga hamda moda industriyasini xalqaro yuksak darajaga ko‘tarilishida yordam beradi. 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan tashkil etilgan Parij xalqaro moda akademiyasi qo‘shma fakulteti O‘zbekiston moda industriyasida yangi sahifani ochib berdi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p  rejaviy hamkorlikning  rivojlanishiga, moda industriyasini yanada jadal ravishda kurtak otishiga turtki bo‘ldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH