NURLI MASKANDA YANA BIR KUN

NURLI MASKANDA YANA BIR KUN

    Milliy adabiyotimiz xazinasini nodir asarlari bilan boyitib, minglab kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan adib-u yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning badiiy olamini yanada chuqurroq targ‘ib qilish ishlari davom etmoqda.  
Jumladan, joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari tomonidan Adiblar xiyobonida joylashgan Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek haykali ziyorat qilinib, uning hayoti va ijodiga yana bir bor nazar tashlandi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor  Ulug‘bek Abdullayev ushbu jumlalar bilan ochib berdi: “Adabiyoti yuksalgan millatning dunyoqarashida vatanparvarlik, o‘z kelajagiga qat’iy ishonch tuyg‘usi chuqur ildiz otadi. Adabiyot xalqni yaxshilik va yorug‘lik yo‘liga boshlovchi, bani-basharga taalluqli barcha umuminsoniy g‘oyalarni o‘zida ifoda eta olgan buyuk va qudratli kuchdir. Shu sabab ham biz hamisha yoshimiz, kasbimiz, kim bo‘lishimizdan qat’iy nazar unga oshno tutinmog‘imiz zarur”. Shuningdek, prorektor Ulug‘bek Abdullayev tashkil etilgan ushbu tadbir ham qatnashuvchilarda kerakli ma‘lumotlar bera olishini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zni Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Abdusattor Abdugaffarov “Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek muzeyining tashkil etilishi” to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi. Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Joniyev yozuvchi ijodidagi ochilmagan qirralar haqida talaba-yoshlarga so‘zlab berdi. Iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan she’rlar, g‘azallar, musiqiy chiqishlar esa tadbirga o‘zgacha shukh bag‘ishladi. Bir so‘z bilan aytganda Adiblar xiyobonida uyushtirilayotgan bunday tadbirlar uni nurli maskanga aylantira oldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH